MAISHIY JANR

MAISHIY JANR — tasviriy sanʼatning kundalik ijtimoiy va shahsiy qayotni, maishiy turmushni aks ettiradigan janri. Turmushda koʻzga tashlanaligan oʻzaro munosabatlar va xattiharakatlarni, uning imki mohi-yati va ijtimoiytarixiy mazmunini chuqur ochib berish kabi xususiyatlarga ega. Demokratik va realistik badiiy anʼanalarning oʻsishi, rassomlarning xalq hayoti va mehnat faoliyatini atroflicha tasvirlashga qiziqishining ortishi bilan bogliq holda rivojlandi. Maishiy janrda rangtasvir (kartina) yetakchi oʻrin tutadi, grafika, kichik hajmdagi haykaltaroshlikda ham maishiy mavzu keng tarqalgan.

Maishiy lavhalar ibtidoiy sanʼat (ov manzaralari, urf-odatlar tasvirlari), Sharq (devoriy rasmlar va relyeflar) va Yunon (vazalar bezagi) sanʼ-atila koʻp uchraydi, ellinizm sanʼatila muhim oʻrin zgallagan. Dastlabki namunalari Qad. Sharq (Xitoy, key-inroq Koreya, Yaponiya)da yaratilli. Uygonish davrida Maishiy janr real voqealar, maishiy detallar b-n boyitildi. Oʻrta asrlarda ham Yevropa, ham Osiyoda devoriy rasmlar, boʻrtma naqshlar, miniatyurala keng tarqaldi, Sharkda va Yevropada saiʼatning maxsus janri sifatida namoyon boʻldi.

Maishiy janrda 17-a. dan maishiy hayot ijtimoiy mazmunga ega boʻldi, hajviy, ijtimoiy tanqidiy yoʻnalish yuzaga keldi, emotsional nafislik, psixologik noziklik va oʻtkir xayotiy kuzatishlar oʻz aksini topdi. Jaxrn rassomlari Jotto, Rembrandt, U. Xogart, A. Vatto. F. Goyya, P. P. Rubens, V. G. Perov, I. Ye. Repin, V. Ye. Makovskiy, A. A. Deyneka kabilarning Maishiy janr jlagi yetuk sanʼat asarlari mashhur.

Oʻzbekiston hududida Maishiy janr devoriy rasmlarda va miniatyuralyarpya oʻz ifodasini topgan. 20-a. da rassomlardan B. Hamdamiy, L. Abdullayev, 3. Inogomov, Maishiy janr Saidov va b., amaliy sanʼat ustal ari A. Muxtorov, Sh. Moʻminova va b. maishiy mavzuda asarlar yaratdilar.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x