MAHMUDTOGʻ

MAHMUDTOGʻSamarqand viloyatidagi togʻ. Zirabuloq togʻlari tarkibiga kiradi. Uz. 10 km, eni 4 km. Eng baland joyi 962 m. Jan.-sharkdan shim.gʻarbga yoʻnalgan. Yon bagʻirlari keskin koʻtarilgan. Suvayirgʻich qismi yassiroq, kam parchalangan. Togʻlar asosini yuqori paleozoy davrining metamorflashgan ohaktosh, slanes va intruziv granitlari tashkil etadi. Yon bagʻirlari kuchli parchalangan, ayniksa, slanes va ohaktoshlar kuchli nurashi natijasida quruq soylar paydo boʻlgan. Oddiy boʻz tuproklarda efemerlardan kattabosh, yettiboʻgʻin, rang, qoʻngarbosh, shuningdek, kaklikoʻt, mayda tikanli bodom va b. oʻsadi. Mahmudtogʻdan yaylov sifatida foydalaniladi (mahsuldorligi gektarga 1—2 s).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x