Mahmudjon Azimov — Samarqandga borsam

Samarqandga borsam men agar,
Ulug`bekni ko`rib qaytaman.
U qon yig`lab turar har safar,
Men dardimni kimga aytaman?

Bag`rimda bo`y yetgan bo`z bolam,
Mergan bolam, lochin ko`z bolam,
Bo`g`zimga tig` urgan o`z bolam,
Men dardimni kimga aytaman?

Bo`g`zimga tig` urgan o`z bolam,
Men dardimni kimga aytaman?

Sezmay qoldim o`shanda chog`im,
Yulduzlarda ekan nigohim.
Bilmadim ne edi gunohim,
Men dardimni kimga aytaman?

Bilmadim ne edi gunohim,
Men dardimni kimga aytaman?

Qancha g`amga botmagan edim,
Qancha og`u yutmagan edim,
O`z bolamdan kutmagan edim,
Men dardimni kimga aytaman?

O`z bolamdan kutmagan edim,
Men dardimni kimga aytaman?

Tanim muzlab, {x2} goh tosh qotaman,
Men shoh emas, axir otaman.

O-oh, faryod, dod…

O`z bolamdan kutmagan edim,
Men dardimni kimga aytaman?

Bo`g`zimga tig` urgan o`z bolam,
Men dardimni kimga aytaman? {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x