MAHMUD MUZAHHIB

MAHMUD MUZAHHIB (15-a. oxiri – 16-a. 60-y. lari, Buxoro) — naqqosh, musavvir. Kamoliddin Bexzodnint shogirdi. Ijodi Hirotda boshlangan. Rassom Dust Devona, xattot Sultonali Mashhadiy bilan hamkorlik qilgan. Ilk asarlaridan Alisher Navoiy portreti (Mashhaddagi Ostoni Quds majmuasida), Abdurahmon Jomiyning «Devon»i (Vashingtondagi Lafayet unti kutubxonasida) va b. qoʻlyozmalarga ishlagan miniatyuralari bizgacha yetib kelgan. 1507-y. dan Buxoroda yashagan, Buxoro miniatyura maktabi badiiy uslubining shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. Mahmud Muzahhib yaratgan asarlarida badiiy ifoda vositalari loʻnda, aniq, por-tretlarida psixologik tasvir yetakchi. Mahmud Muzahhib ijodida Saʼdiy va Jomiy asarlari alohida oʻrin tutadi. Saʼdiyning «Boʻston» (asarning uchta qoʻlyozmasini bezagan: Lissabondagi K. Gulbekyan majmuasida, Londondagi Keyr majmuasida va b.), Nizomiyning «Mahzan ul-asror» («Sirlar xazinasi», 1545; Parijdagi Milliy kutubxonada), Jomiyning «Tuhfat ul-ahror» (1545, sobiq O. Omber majmuasida va Parijdagi Milliy kutubxonada), «Ba-horiston» (1551, sobiq Ye. de Lorey majmuasida), «Yusuf va Zulayho» Maxmud Muzaxxib. «Bazm» («Ravzat ulmuhibban» asariga ishlangan miniatyura, Buxoro, 16-a.). (1561, Nyu-Yorkdagi sobiq Kevorkyan majmuasida) asarlari va b. qoʻlyozmalarni bezagan.

«Shoir portreta» (1538—39, NyuYorkdagi sobiq Kevorkyan majmuasida), «Shahzoda portreti» (1562—63 va 1570 — 71, Istanbul majmuasida), «Oshiqlar», «Uch raqqosa», «Pari», «Kurash» (Mashhaddagi Ostoni Quds majmuasida) kabi mustaqil asarlar ham yaratgan.

Ad.: Usmonov O., Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi, T., 1977; Ash – rafi Mahmud Muzahhib, Bexzad i razvitiye buxarskoy shkolы miniatyurы XVI v., Dushanbe, 1987.

Abdumajid Madraimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x