MAHALLIY OʻZINI OʻZI BOSHQARISH

MAHALLIY OʻZINI OʻZI BOSHQARISH — hokimiyatning bir turi; fuqarolarning joylarda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini taʼminlash, davlatning ayrim funksiyalarini amalga oshirish vositasi. Koʻpchilik mamlakatlarda mahalliy miqyosda davlat hokimiyati organlari tashkil etilmay, u yerda faqat Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari tuziladi. Mas, Rossiyada aholi hokimiyatning vakolatli organlari (munitsipial yigʻilishlar, kengashlar, qoʻmitalar va sh. k.), fuqarolarning tegishli boshqaruv organlari (mahalliy maʼmuriyat), yigʻinlari va boshqalar Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishni amalga oshiradi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, odatda, davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tuzilishini aholi oʻzi mustaqil belgilaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlariga qonun asosida ayrim davlat va-kolatlari berilishi mumkin, bu va-kolatlar davlat nazorati ostida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari ham, Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari ham mavjud. Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarsa fuqarolarning yigʻinlari oʻzini oʻzi boshqarish organlari hisoblanadi (q. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x