MAGNIT DISK

MAGNIT DISK — ikkala tomoniga magnit xossali qatlam qoplangan bikr alyuminiy yoki egiluvchan plastmassa disk. Diametri — 0,18—1,2 m, qalinligi — 2,5—5 mm. Magnit disk aylantirilganda axborotlar uning sirtiga konsen-trik yoʻlchalar tarzida yoziladi. EHM, axborot-izlash va b. maʼlumotlarga ishlov beruvchi avtomatik tizimlarda maʼlumotlarni magnitlovchi eltuvchi boʻlib xizmat qiladi. Bikr Magnit disk paket qilib yoki 4 — 6 tadan nabor qilib tuziladi; 1 paketning sigʻimi bir necha G bayt. Egiluvchan Magnit disk bittadan disketalarga joylashtiriladi; 1 disketa sigʻimi 0,1—1 M bayt.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x