MAGNETOQARSHILIK

MAGNETOQARSHILIK, magnitrezistiv effekt — oʻtkazgichning magnit maydon N dagi solishtirma elektr qarshiligi r ning maydon yoʻqligidagi solishtirma qarshiligi r0 ga nisbatan oʻzgarishi. Koʻndalang va boʻylama Magnetoqarshiliklar mavjud. Koʻndalang Magnetoqarshilikda elektr tok magnit maydonga tik, boʻylama Magnetoqarshilikda esa unga parallel oqadi. Zaryad tashuvchilar t-rayektoriyasining magnit maydonda ogʻishi M. ga sabab boʻladi. Magnetoqarshilik galvanomagnit hodisalar jumlasiga kiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x