MAGMATIK TOGʻ JINSLARI

MAGMATIK TOGʻ JINSLARIotqindi togʻ jinslari. Magmannng Yer pusti va yer yuzasida sovushi va kristallanishi natijasida vujudga keladi. Magma chuqurlikda, Yer pustila, shuningdek, oqib chiqqach, yer ustida ham qotishi mumkin. Shunga qarab Magmatik togʻ jinslarini 2 asosiy sinfga: intruziv togʻ jinslari va effuziv togʻ jinslariga boʻladilar. Tarkibidagi kremnezyom miqdoriga qarab Magmatik togʻ jinslarining nordon, oʻrtacha, asosli va oʻta asosli guruhlari farq qilinadi. Magmatik togʻ jinslari barcha burmali oblastlar, platformalar zamini, qalqonlar, hoz. okeanlarda uchraydi. Magmatik togʻ jinslari guruhlari bilan muayyan foydali qazilmalar bogʻliq. Mac, nordon Magmatik togʻ jinslari bilan qalay, volfram, oltin rudalari, asoslilari bilan titanomagnetit, mis rudalari, oʻta asoslilari bilan xrom, platina, nikel rudalari, ishqoriy-oʻta asoslilari bilan titan, fosfor, kamyob yer elementlari rudalari va h. k. M. t. j. dan qurilish (tuf, labradorit), abraziv, issiklikni oʻtkazmaydigan material sifatida, shuningdek, ayrim metallar (mas, alyuminiy)ni ajratib olishda foydalanish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x