MAFKURA

MAFKURA (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman Mafkuralar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va mak,sadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday Mafkura jamiyatda yangi paydo boʻlgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi gʻoyaviy tizim si-fatida vujudga keladi va, asosan, qu-yidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi: muayyan gʻoyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; koʻzlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni maʼnaviyruhiy ragʻbatlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish va sh. k. M. muayyan falsafiy, diniy taʼlimotlar asosida yaratiladi, maʼlum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkura oʻz mohiyati va taʼsir kuchiga koʻra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga boʻlib yuborishi, davlatning jahondagi obroʻ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka koʻtarishi yoki tanazzulga du-chor etishi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor gʻoyalarga asoslangan Mafkura ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotga turtki boʻladi, maʼnaviyatnn yuksaltiradi, insonlarni ulugʻvor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik gʻoyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan Mafkura bunyodkorlik xususi-yatiga ega boʻladi. Hukmronlik, mustabidlik, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik gʻoyalari asosida shakllangan, millat va xa-lkdarni asoratga soladigan Mafkura vayronkorlik xususiyatiga egadir.

Mafkuraning diniy, dunyoviy, milliy, siyosiy va b. koʻrinishlari bor. Aksari-yat rivojlangan mamlakatlar xalqdari erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bagʻrikenglik kabi gʻoyalarga asoslangan Mafkuraga tayanmoqda. Yana q. Milliy mafkura.

Ad.: Karimov I. A., Oʻzbekiston: milliy istiklol, iqtisod, siyosat, mafkura, 1-j., T., 1996; Barkamol avlod orzusi, T., 1999.

Hiyom Nazarov.

MAX (Mach) Ernst (1838.18.2, Moraviya — 1916.19.2, Myunxen yaqinidagi Xar sh.) — avstriyalik faylasuf, fizik. Venauntida privatdotsent (1861), Gras untida fizika prof. (1864), Pragadagi nemis untida fizika prof. va rektor (1867), Vena untida falsa-fa prof. (1895—1901). Mafkura fizika va falsafa sohasida yirik tadqiqotlar olib borgan. Uning ilmiy gʻoyalari nazariy mexanika, optika, akustika, kosmologiya va bilish nazariyasida salmokli oʻrin egallaydi. Mafkura tom maʼnoda klassik mexanikaga asoslangan olamning ilmiy manzarasini oʻzgartirishga kirishgan jurʼatli olimlardan biri. A. Eynshteyn nisbiylik nazariyasini kashf etishda oʻziga Mafkuraning asarlari katta yordam berganligini taʼkidlagan. «Mexanika. Rivojlanishining tarixiytanqidiy ocherki» asarida I. Nyutonning vaqt, fazo va harakat haqidagi qarashlarini tanqidiy tahlil etib, ularning mutlaqyaigi haqidagi gʻoyaning biryoqlama ekanligini ilmiy asoslaydi va inersial sistemalarning Koinotning umumiy massasi b-n belgilanishini taʼkidlovchi «Max prinsipi»ni ilgari suradi. Bu prinsip hoz. zamon kosmologiyasida ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, unda fazo-vaqt kontinuumi metrikasi koinotda moddaning taqsimlanishiga bogʻliqdigini asoslovchi gʻoya mujassamlashgan. Bu gʻoya umumiy nisbiylik nazariyasining bugungi kundagi taraqqiyoti uchun ham muhim evristik ahamiyatga egadir.

Mafkura pozitivistik falsafaning 2 – bosqichi hisoblangan empiriokrititsizm falsafasining asoschilaridan biri sifatida klassik mexanikaning «absolyut fazo-vaqt» haqidagi tasavvurlariga relyativistik nuqtayi nazarni qaramaqarshi qoʻyish asosida voqelikni sezgilar majmuasi sifatida talqin etadi. Mafkura tarafdorlari bilish va tajribaning tabiatini, subyekt va obyekt muammosini, «narsa», «substansiya» kategoriyalarining xususiyatlarini, voqelikning asosiy «elementlari»ning tabiatini, jismoniylik va ruhiylikning oʻzaro munosabati va b. shu singari muammolarni yangicha tadqiq etishga kirishishdi. Ularning nuqtayi nazaricha, falsafaning vazifasi ilmiy bilish nazariyasini yaratishdan iborat. Maxistlar tabiatshunoslikda 19-a. ning oxiri va 20-a. ning boshlarida qilingan yirik kashfiyotlar olamning ilmiy manzarasining tubdan oʻzgarishiga sababchi boʻlishi bilan bir qatorda «materiya yoki moddiylikning aslida yoʻqligini isbotlaydi», degan xulosani yoqlab chiqishdi.

Mafkura sababiyat, zaruriyat, substansiya tushunchalarini «tajribadan» tashqari, «tajribada» boʻlmagan tushunchalar sifatida talqin etgan. Mafkura mansub boʻlgan empiriokratitsizm falsafasi 20-a. arafasida fizikadagi buyuk kashfiyotlarni materializmga tayanmasdan yangicha tushunishga yoʻl ochuvchi prin-siplarni ilgari surdi. Ammo bu prin-siplar yangi fizikaning mohiyatini anglash uchun yetarli emas edi, chunki, mikrodunyo hodisalarini makroskopik tarzda talqin etish obyektning asl mohiyatini anglashga toʻsqinlik qilardi. Shu sababli pozitivizmning bu koʻrinishi falsafa tarixida oʻtkinchi bir hodisa boʻlib qoldi, xolos. Asosiy asarlari: «Sezgilar tahlili», «Mexanika», «Bilish va yanglishish» va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x