MATRITSA

MATRITSA (lot. matrix — bachadon) — 1) metallurgiyada — metallarga bosim bilan ishlov berishda qoʻllaniladigan shtamplarning ish qismi. Matritsa sirtida tayyorlanadigan buyum (detal)ning qiyofasiga mos botiq (yoki teshik) boʻladi. Ana shu botiq (yoki teshik) ga shtampning ikkinchi qismi — puanson kiradi. Matritsa yaxlit yoki qismlarga ajraladigan qilib yasalishi mumkin;

2) matbaada — harf, rakam yoki belgining tasviri tushirilgan metall plastinka yoki taxtacha (brusok). Matritsaning shriftlar quyiladigan (qoʻlda harf terishda ishlatiladigan literalarni quyish uchun), satr quyiladigan (q. Linotip) va harf quyiladigan (q. Monotip) xillari boʻladi. Yuqori bosma qolipidan xoʻllangan karton yoki plastmassaga botirib tushirilgan chu-qur nusxa ham Matritsa deb ataladi. Bunday Matritsadan stereotiplar (q. Stereotipiya) yoki galvanostereotiplar (q. Galvanostereotipiya, Galvanotexnika) tay-yorlashda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x