MADUMAR HOFIZ

MADUMAR HOFIZ (1850 – Isfara — 1930) — xonanda. Keng diapazonli, kuchli va baland ovoz sohibi. Koʻqon ijrochilik maktabi anʼanalarining rivoj topishiga hissa qoʻshgan. Koʻproq «Segoh», «Bayot» (taronalari b-n), «Shahnozi Gulyor», «Chapandoz», «Ush-shoq», «Dugohi Husayniy» (taronalari b-n) kabi Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari, «Ilgʻor», «Suvora», «Bir kelib ketsun», «Adashganman», «Ohkim», «Quling» singari ashula va katta ashulalarni mahorat bilan ijro etgan. Muqimiy «Sayohatnoma»sida Madumar hofizning isteʼdodli, benazir xonandaligi madh etilgan. Toʻychi hofiz, Hamroqul qori, Yu. Rajabiy singari hofizlar Madumar hofizning shogirdlaridir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x