MADHYA-PRADESh

MADHYA-PRADESh — Hindistonning markaziy qismidagi shtat. Mayd. 308 ming km2. Aholisi 60,4 mln. kishi (2001); 90% aholisi hind tili va unga yaqin tillarda, qolgan qismi marathi va rojastoni kabi tillarda soʻzlashadi. Maʼmuriy markazi — Bhopal sh.

M.-P. hududi mil. av. 3—2-a. larda Mauriyalar kuldorlik davlati tarkibida boʻlgan. Mil. boshlaridan 14-a. gacha bir qancha davlatlar, 15-a. da Bahmaniy sultonligi viloyati edi. 16-a. oxirlaridan Boburiylar qoʻl ostiga oʻtdi. 1818-y. da Ost-Indiya kompaniyasi egalladi. 1956-y. dan Hindiston shtati. 2000-y. noyab. oyida yangi Chxattisgarx shtatini tuzish maqsadida M.-P. xududining bir qismi ajratib olindi.

Shtatning yer yuzasi yassitogʻlik va past togʻlardan iborat. Eng baland joyi 1353 m. Shim. qismi Hind-Gang tekisligiga tutashgan. Iqlimi tropik, mussonli ikdim, shim.-gʻarbida quruq, jan. va jan.-sharqida sernam. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 17—24°, iyulniki 27—29°. Yillik yogʻin 700—1600 mm. Daryolari serostona; eng yirik daryosi — Narbada. Shtat hududining 1/3 qismi oʻrmon, tik, sal kabi qimmatbaho yogʻochli daraxtlar usadi.

M.-P. sanoati tez rivojlanayotgan agrar shtat. Aholisining 75% q. x. da band. Asosan, tariq, bugʻdoy, sholi, paxta, moyli oʻsimliklar ekiladi. Ipak qurti boqiladi. M.-P. da marganes va temir rudalari, boksit, kumir, oʻtga chidamli gil qazib olinadi. Pannada mamlakatda yagona olmos koni mavjud. Issiklik elektr st-yalari bor. Ishlab beruvchi sanoatining qad. va asosiy tarmogʻi — ipgazlama sanoati. Shuningdek, metallurgiya, neft kimyosi, elektronika, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, yirik qogʻoz f-kasi, oyna-keramika, sement, asbest-beton z-dlari bor. Hunarmandchilikda mato, oʻymakorlik buyumlari tayyorlanadi. Shtat xududidan yirik shosse yoʻllar va Hindiston shim. ni uning jan. qismi bilan bogʻlovchi t. y. oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x