MADALIYEV

MADALIYEV Zunnun (1914.20.5, Shahrixon sh. — 1980.7.9, Fargʻona) — aktyor va rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Sahna faoliyatini 1930-y. Andijon teatrida boshlagan. 1933—39-y. lar Asaka k-z—s-z teatrida, 1940-y. dak Fargʻona viloyat musiqali drama va komediya teatrida aktyor, rej., bosh rej. Qahramonlik va komik rollar ustasi sifatida tanilgan. Ortiqcha xatti-harakat usullarisiz qahramon qiyofasini ocha bilish layoqatiga, sahnadagi sherigi (partnyori)ni oʻziga ergashtira oladigan, kechinmalariga sherik qila oladigan, kuchli psixologik talqin mahoratiga ega sanʼatkor boʻlgan. Yaxshivoy («Nomus va muhabbat»), Kablayi («Besh soʻmlik kelin»), Majididdin («Alisher Navoiy»), Mavlon («Shohi soʻzana»), Ferdinand («Makr na muhabbat»), Toshbolta («Toshbolta oshiq»), Xolmat («Boy ila xizmatchi»), Tartalya («Baxtli gadolar») singari turli janr, insonlar toifasiga oid yuzdan ortiq obrazlar yaratgan. Rej. sifatida «Mavlono Muqimiy» (S. Abdulla), «Hamza» (K. Yashin. A. Umariy), «Maysaraning ishi» (Hamza), «Gulsara» (K. Yashin, M. Muxamedov), «Ajab savdolar» (H. Gʻulom), «Layli va Majnun» (Xurshid), «Alpomish», «Gul va Navroʻz» (S. Abdulla), «Boqi va Soqi (Ya. Mamatxonov) kabi spektakllarni saqnalashtirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x