LYUIS

LYUIS (Lewis) Garri Sinkler (1885.7.2, Sok-Sentr, Minnesota) — 1951.10.1, Rim) — amerikalik yozuvchi. Birinchi nasriy asari Tom Gren ta-xallusi b-n chop etilgan. Bolalarga atalgan bu kitobni «Aeroplanda sayr» (1912) deb nomlagan. Birinchi romani «Bizning mister Renn» (1915), ikkinchisi esa «Burgut parvozi» (1915). 20-a. lardagi eng yaxshi realistik asarlari ichida «Asosiy koʻcha» (1920), «Bebbit» (1922), «Ero-usmit» (1925, hammuallif) romanlari ajralib turadi. Jiddiy siyosiy asarlar — «Bizda buning iloji yoʻq» (1935) roman-pamfleti, «Gideon Plensh» (1943) hajviy romani, «Kingsblad, qirollar nayeli» nomli irqchilikka qarshi kurash, fuqarolik vijdoni haqidagi roman muallifi. 1949-y. dan Italiyada yashagan. Soʻnggi yillarda yaratgan «Xu-dojoʻy» (1949), «Olam shunchalik keng» (1951) romanlari badiiy yuksakligi bilan ajraladi. Bir qancha hikoya, pyesa va makrlalari bor. Nobel mukofoti laureati (1930).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x