LYUBLYANA

LYUBLYANASloveniya poytaxti. Lyublyanitse daryosi boʻyida, uning Sava daryosiga quyilishi yaqinida joylashgan. Aholisi 270,5 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik va metallsozlik (yirik gidrokuvurlar z-di, elektrotexnika buyumlari, priborlar i. ch.) sanoatlari rivojlangan. Kimyo, poligrafiya, farmatsevtika, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Sloveniya fan va sanʼat akademiyasi, un-t (1595), filarmoniya (1702), yadro tadqiqotlari inti va b. ilmiy tadqiqot muassasalari, milliy, etnografiya muzeylari, kutubxonalar, milliy va zamonaviy galereyalar bor. Turizm rivojlangan. Xalqaro yarmarkalar oʻtkaziladi. Lyublyana slavyanlar qishlori sifatida 1144-y. dan maʼlum. 13-a. ning 2-yarmidan shahar, Krayna tarixiy viloyatining maʼmuriy markazi. 1335—1918-y. larda (vaqt-vaqti b-n) gabsburglar hukmronligi ostida boʻlgan. 1918-y. da Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929-y. dan Yugoslaviya) tashkil topishi bilan Lyublyana — Sloveniya, 1992-y. dan mustaqil Sloveniya Resggublikasi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklaridan Grad qasri (9—19-a. lar), yepiskop saroyi (16—18-a. lar), cherkovlar, San-Nikolay sobori (18—19-a. lar), ratusha, opera teatri binosi va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x