LVOV VILOYATI — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1939-y. 4 dek. da tashkil etilgan. Volin va Podoliya qirlarida va qisman Ukraina Karpati toglari etaklarida joylashgan. Mayd. 21,8 ming km2. Aholisi 2750,6 ming kishi (1997), asosan ukrainlar, shuningdek, rus, polyak, yahudiy, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Lvov viloyati 20 tumanga boʻlingan; 37 shahar, 38 shaharcha bor. Markazi — Lvov sh. Foydali qazilmalari toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir, neft, gaz, oltingugurt, kaliy va osh tuzlari, torf, qurilish materiallaridan iborat; mineral buloklar bor. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi (markaziy qismida) — 4°, iyulniki 18°. Yillik yogʻin miqaori 650 mm, togʻlarda 750—1000 mm. Vegetatsiya davri 190 — 210 kun. Asosiy daryolari: Dnestr va uning irmoklari. 400 ga yakin sunʼiy suv havzalari bor. Tuproqlari sur tusli, toʻq sur tusli podzollashgan, podzollashgan qoratuproq, togʻlarda podzol, dare vodiylarida oʻtloqi-allyuvial tuproqlar.
Viloyat hududining asosiy qismi oʻrmonli dasht zonasida: jan. da Ukraina Karpati togʻlari bor, shim. oʻrmon zonasiga kiradi. Viloyat hududining 26% oʻrmon, 30% oʻtloq va botqoushk. Hayvonlardan qobon, yelik, boʻrsiq, bugʻu, tulki, suvsar, tiyin, malla to-vushqon, burgut, qur, karqur yashaydi. Lvov viloyati Ukrainaning muhim sanoat r-ni. Mashinasozlik, metallsozlik, priborsozlik, oziq-ovqat, yengil, qogʻoz, yogʻochsozlik, kimyo, yoqilgʻi, qurilish materiallari sanoatlari rivojlangan. Lvovda avtobus, avtoyuklagich, konvey-yer-qurilish, «Lvovselmash», kineskop, televizor z-dlari, Drogobichda iskana (doloto) z-di bor. Viloyat hududidan «Drujba» TransEvropa neft quvuri oʻtgan. Oziq-ovqat sanoatida yetakchi tarmoqlar: shakarqand, meva konserva, konditer, pivo, goʻsht, un, spirt va b. Trikotaj, poyabzal, koʻn, tikuvchilik, movut f-kalari bor. Oʻrmon, yogʻochsozlik sanoati ham rivojlangan. Sement k-ti, shisha z-dlari, temir-beton konstruksiyalari z-dlari va b. sanoat korxonalari bor. Viloyat q. x. gʻallakorlik, zigʻirchilik, lavlagikorlik, kartoshka yetishtirish va sut-gusht chorvachiligiga ixtisoslashgan. Don, texnika ekinlari, sabzavot-poliz va kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Pichanzor va yaylovlar mavjud. Bogʻdorchilik va mevachilik rivojlangan. Chorvachilikda sut-goʻsht chorvachiligi yetakchi oʻrinda. Hovuz baliqchiligi va asalarichilik bilan shugʻullaniladi. Xalq badiiy hunarmandchiligi: yogʻoch oʻymakorligi, badiiy kashtachilik, gilamchilik rivojlangan. Lvov — yirik havo yoʻllari tuguni. 12 oliy oʻquv yurti, 6 teatr, 12 muzey bor. Lvov viloyatida mashhur Truskaves, Lyuben-Velikiy, Morshin, Nemirov kurortlari, sanatoriy va dam olish uylari joylashgan.