LVOV Anre Mishel

LVOV Anre Mishel (1902.8.5, Ene-le-Shato) — fransuz mikrobiologi va biokimyogari, Parij FA aʼzosi (1976-y. dan). Parij unti prof. (1959—68), Rak kasalligi milliy tadqiqot inti direktori (1968—72). Asosiy ilmiy ishlari mikroblarni oʻstiruvchi omillar, viruslar fiziologiyasi, fermentlar induksiyasi va repressiyasiga oid. Omil V ning koferman ekanligini isbotladi va uning bakteriyalar uchun fiziologik rolini anikladi. Lvovning ishlari F. Jakov va J. L. Mono ilgari surgan bakteriyalarda oqsil sintezining genetik regulyatsiyasi mexanizmi haqidagi gipotezaning asosini tashkil etadi (operon konsepsiyasi). Nobel mukofoti laureati (1965, Jakob va Mono bilan hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x