LUTFULLOH

LUTFULLOH bin Fathulloh Chustiy (taxm. 1485, Fargʻona vodiysi, Axsikent mavzesi — taxm. 1571) — naqshbandiylik tariqatining mashhur namoyandasi. Axsikentdagi madrasada tahsil oladi. Ilmini takomillashtirish maqsadida Samarqandga keladi. Baʼzi manbalarda Xoʻja Ahrorning xalifasi Muhammad Qozi huzurida 6 y. tarbiyalangani va sulukni oʻtaganligi aytiladi. Lutfullohga Maxdumi Aʼzamning istagi bilan «Fargʻona va Toshkentdagi barcha naqshbandiylik birodarlari» ishonib topshirilgan. Lutfulloh bir necha marta yashash joyini oʻzgartirgan. Oʻzining aytishicha, «kishloq axlining fitnasi oqibatida» koʻchishga majbur boʻlgan. Oxiri Chustga kelib, muqim boʻlib koladi. Bu yerda dehkonchilik bilan tirikchilik oʻtkazadi. U shayboniylar orasida nufuz orttirishga muvaffaq boʻladi. Shu bois oʻsha davrda davlatdagi koʻpgina ichki nizolarni bartaraf etishga, saroydagi ayrim bek va amirlarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlarini cheklab qoʻyishga erishdi. Movarounnahrda kubroviylik tariqati yoyilgan boʻlib, Lutfulloh uning vakillarini koʻp marta rofi-ziylik (islom yoʻlidan chetga chiqish)da aybladi. Lutfullohning izdoshlari koʻp edi. Ular Toshkent, Fargʻonadan tashqari, Hisor xamda Movarounnahrning boshqa chekka viloyatlarida 20-a. ning boshlariga qadar faoliyat koʻrsatgan. Lutfullohning ijodiy merosi haqida maʼlumotlar kam. Manoqiblarda uning oʻz oʻquvchilariga tanbeh tarzida yozilgan 2 ta kichik risolasi tilga olinadi.

Lutfullohning qabri qayerdaligi aniq emas. Baʼzi manbalarda u Chustga (bu yerda uning maqbarasi bor), boshqa manbalarda Hisorga dafn etilgan deyiladi.

Ad.: Ismoilov M., Ikromov T., Mavlono Lutfulloh Chustiy, Namangan, 1998; Muhammad Mufti Ohangaroniy , Mavlono Lutfulloh manoqibi, T., 2002.

Baxtiyor Bobojonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x