LUSK

LUSK — Ukrainadagi shahar, Volыn viloyati markazi. Stir daryosi (Pripyatning oʻng irmogʻi)ning ikkala sohilida joylashgan. T. y. stansiyasi, avtomobil yoʻllar tuguni. Pristan, aeroport bor. Aholisi 218 ming kishi (1997). Mashinasozlik va metallsozlik (avtomobil z-di, podshipnik va b. ishlab chiqarish z-dlari), priborsozlik (priborsozlik va elektr apparatlari z-dlari), yengil (tikuvchilik va poyabzal f-kalari), oziq-ovqat (spirt-araq k-tlari, qand-shakar, un, meva-konserva z-dlari), kimyo sanoatlaririvojlangan. Ped. instituta, musiqali drama teatri, badiiy va oʻlkashunoslik muzeylari, filarmoniya va b. bor. Ilk bor 1085-y. da Ipatiy sol-nomasida tilga olingan. 14 a. dan Litva va Polsha, 1795—1917-y. larda Rossiya imperiyasi, 1921-y. dan Polsha, 1939-y. dan Ukraina tarkibida. 1970-y. dan tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxona deb eʼlon qilingan. Uning tarkibiga Yuqori (13—16-a. lar) va Quyi (14 — 17-a. lar) saroylar qoldiqlari, «Puzina uyi» (14-a.), iyezuitlar kollegiumi, Pyotr va Pavel kostyoli (17-a.), Pokrov va Krestovozdvijenskaya cherkovlari (17-a.) kiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x