LUNACHARSKIY Anatoliy Vasilyevich

LUNACHARSKIY Anatoliy Vasilyevich [1875.11(23).11, Poltava – 1933.26.12, Fransiya, Mentena; Moskvada dafn etilgan] — davlat arbobi, rus yozuvchisi, tanqidchi, adabiyotshunos, sanʼatshunos. Akad. (1930). Syurix untining falsafa f-tida tahsil koʻrgan. 1897-y. da Rossiyaga qaytib, inqilobiy faoliyat, 1902-y. dan boshlab esa adabiy tanqidchilik va siyosiy publitsistika bilan shugullana boshlagan. 1917—29 y. larda maorif xalq komissari. 1933-y. da Ispaniyaga elchi qilib tayinlanadi va Madridga borayotib, yoʻlda vafot etadi.

Lunacharskiyning Oktyabr toʻntarishiga qadar boʻlgan estetik qarashlari «Umuman sanʼatkor va xususan baʼzi bir sanʼatkor haqida» (1903) hamda «Pozitiv estetika asoslari» (1923) makrlalarida ifodalangan.

Lunacharskiyning Gʻarb adabiyoti va sanʼatiga bagʻishlangan asarlari («Gʻarbiy Yevropa adabiyotining muhim bosqichlari tarixi», 2 jildli, 1924, 1930 va b.)da faqat Gʻarb adabiyotining emas, balki rus adabiyoti namoyandalarining ham individual oʻziga xosligini, ular ijodining muayyan tarixiy-adabiy jarayondagi oʻrnini belgilab berdi.

Lunacharskiy 20-a. ning 20—30-y. laridagi adabiy-tanqidiy maqolalari bilan shu davrdagi adabiy jarayonga faol taʼsir koʻrsatdi. U dialog shakliga tez-tez murojaat etib, adabiy-tanqidiy va publitsistik makrla janrlarining yangi shakllarini axtardi. «Qirol sartaroshi» (1906), «Faust va shahar (1918), «Oliver Kromvel» (1920), «Ozod etilgan Don Kixot» (1922), «Oʻt yoquvchilar» (1924) pyesalari, T. Kampanella haqidagi trilogiya («Xalq», 1920; «Gersog», 1922; 3-qismi tugallanmagan), hikoyalar, xotiralar, publitsistik makrlalar muallifi.

Lunacharskiyning adabiy-tanqidiy asarlari zamonaviy oʻzbek tanqidchiligi va adabiyotshunosligining shakllanishiga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatdi. U maorif xalq komissari sifatida oʻzbek yoshlarining Moskva va Leningraddagi oliy oʻquv yurtlarida tahsil oli-shiga yordam berdi. Uning madadi bilan Moskvada oʻzbek drama studiyasi tashkil etildi (1924—27) va bu studiyada oʻzbek milliy teatrining M. Uygur, A. Hidoyatov, S. Eshontoʻrayeva singari qaldirgʻochlari yetishib chiqdi. Lunacharskiyning saʼy-harakati bilan Qori Yoqubov va Ta-maraxonim Parijdagi Jahon dekorativ sanʼati kurgazmasining ochilishiga bagʻishlangan konsertlarda ishtirok etdilar. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Naim Karimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x