LUKIAN

LUKIAN (Lukianos) (taxm. 120, Suriya — 180, Misr) — qadimgi yunon hajviyanavis yozuvchisi. Oʻzining eng yaxshi asarlarini 165—180-y. larda Afinada yozgan. 80 ga yaqin asari hozirgacha yetib kelgan. Asarlari ravon, tushunarli, ommabop tilda yozilgan hajviy dialog janrida boʻlib, Lukian ularda afsonaviy voqeahodisalar misolida quldorlik tuzumi illatlari, xurofot va bidʼat ustidan kuladi. Shuning uchun ham uning nomi antik dunyoda koʻp tilga olinmagan. «Ziyofat», «Xutsolar suhbati», «Menipp», «Germotim», «Prometey yoki Kavkaz» va b. hajviy dialoglari, «Oyga sayyohat» fantastik asari, «Tarixni qanday yozish toʻgʻrisida» risolasi mashhur. Lukian ijodining Vizantiya hajvchilari, keyinchalik Uygʻonish va Maʼrifatparvarlik davri namo-yandalari ijodiga, umuman Gʻarbiy Yevropa adabiyotiga taʼsiri kuchli boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x