LUBUMBASHI

LUBUMBASHI (1966-y. gacha Elizabetvil) — Kongo Demokratik Respublikasining jan.-sharqiy qismidagi shahar. Shaba (Katanga) viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 852 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oxirlari). Lobitu — Beyra transafrika t. y. dagi stansiya. Transport yoʻllari tuguni. Luano aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Lubumbashi iqtisodiy va madaniy mavqei boʻyicha mamlakatda Kinshasadli keyin 2-oʻrinda turadi. Iqtisodining asosini konchilik sanoati va rangli metallurgiya tashkil etadi. Lubumbashi mis konlari mintaqasida joylashgan. Yirik mis eritish z-di, kimyo, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, oziqovqat, metallsozlik, mashinasozlik sanoati korxonalari, radioapparaturalar z-di bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Shaharga 1910-y. da belgiyaliklar tomonidan mis konlari yonida asos solingan va Elizabetvil deb atalgan. 1911-y. da Belgiya-Angliya kompaniyasi tomonidan qurilgan birinchi mis eritish z-di ishga tushirilgan. Shahar qatʼiy reja asosida qurilgan. Sobor, cherkov, sinagoga (20-a. boshlari), koʻp qavatli binolar, milliy un-t boʻlimlari, etnografiya va afrika tillarini oʻrganish boʻyicha markaz bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x