LOZANNA

LOZANNA — Shveysariyaning jan.gʻarbiy qismidagi shahar. Vo kantonining maʼmuriy markazi. Aholisi 114,2 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Jeneva koʻli sohilidagi xalqaro ahamiyatga ega port. Aeroport bor. Aniq mashinasozlik, metallurgiya, poligrafiya, toʻqimachilik, oziq-ovqat, tamaki sanoatlari rivojlangan. Un-t (1537), oliy texnika maktabi, muzeylar bor. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining qarorgohi. Xalqaro turizm markazi. Lozannada xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkaziladi. Shaxarga rimliklar manzilgohi sifatida asos solingan. Oʻrta asrlarda yepiskoplik shaxri boʻlgan. Lozannada meʼmoriy yodgorliklaridan Notr-Dam sobori, gotika cherkovi, ratusha va b. saqlangan. Hoz. zamon binolaridan maʼmuriy binolar bor. Kurort shahar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x