LOZANNA KONFERENSIYASI

LOZANNA KONFERENSIYASIYaqin Sharq masalalari boʻyicha 1922-y. 20 noyab. — 1923-y. 24-iyulda boʻlib oʻtgan konferensiya. Turkiya AngliyaGretsiya interventlariga karshi urushda (1919—22) gʻalaba qozonganidan keyin oʻtkazilgan. Unda bir tomondan — Turkiya, 2-tomondan — Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Gretsiya, Ruminiya, Yugoslaviya ishtirokida Lozanna tinchlik sulhi imzolandi (1923-y. 24 iyul), Turkiyaning hoz. chegaralari belgilandi. Kapitulyatsiyalar rejimi va chet ellik fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy imtiyozlari, Turkiya ustidan xalqaro moliyaviy nazorat bekor qilindi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x