LOYISH

LOYISHSamarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi shaharcha (1984-y. dan). Tumanning maʼmuriy markazi. Viloyat markazi hamda yaqin t. y. stansiyasi Samarqanddan 36 km. Aholisi 11,5 ming kishi (2002). Okdaryodan suv oladi. Shaharchaning nomi uning joylashgan oʻrni bilan bogʻliq. Loyish qadimda Zarafshon daryosining tarmoqlari — Oqdaryo b-n Qo-radaryo oraligʻidagi qamishzor va botqoqlik yerda vujudga kelgan, nomi shundan boʻlsa kerak deb taxmin qilinadi. Shaharchada tuman hokimiyati binosi, gʻisht, konserva z-dlari, qurilish tashkilotlari, aloqa boʻlimi, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 3 umumiy taʼlim, musiqa, maxsus internat maktablari, pedagogika kolleji, madaniyat uyi, markaziy kutubxona, stadion, madaniyat va istirohat bogʻi (bogʻda urushda shahid boʻlganlarga yodgorlik oʻrnatilgan), kasalxona va b. tibbiy muassasalar bor. L. hududidan Katta Zarafshon avtomagistrali oʻtadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x