LOYIHALASH

LOYIHALASH — moʻljallangan obyektlar (apparat va asboblar, bino va inshootlar, yoʻl va koʻpriklar, mashina va jihozlar, samolyot va kosmik kemalar, radiopriyomnik va televizorlar, telefon va kompyuterlar, kiyim-bosh va poyabzallar, mebellar hamda boshqa turli-tuman mahsulotlarning yangi xillari va namunalari)ni qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish jarayoni. Fan va texnikaning barcha sohalarida qoʻllaniladi. U i. t. ishlari, iqtisodiy va texnikaviy hisob-kitob, smeta tuzish, chizmachilik va chizmalarni koʻpaytirish amallarini oʻz ichiga oladi, chizmalar asosida koʻpincha obyekt (bino, mashina va b.)ning maketi tayyorlanadi. Biror bir obyektni individual (yakka tartibda) va tipaviy (ommaviy tartibda) Loyihalash mumkin. Loyihalashni maxsus tashkilotlar, firmalar yoki guruhlar amalga oshiradi. Bular sohalar boʻyicha yoki ixtisoslashtirilgan tarzda ish yuritadi. Biror obyektni Loyihalashda standartlashtirilgan detallar, agregatlar, uzellar va meʼyoriy hujjatlardan keng foydalaniladi.

Loyihalash ushbu bosqichlarda amalga oshiriladi: loyiha topshirigʻi, loyiha yechimi va loyiha sinovi. L oy iha topshirigʻida boʻlajak obyektni qurishning shartsharoitlari va mak,-sadga muvofikligi asoslanadi va uning tafsilotlari belgilanadi. Loyiha yechimida boʻlajak obyektning rejasidan tortib toki tayyor holigacha boʻlgan ishlar belgilab olinadi. Loyiha sinovida tayyor loyiha maxsus tuzilgan dastur asosida tekshiriladi.

Bu bosqichlarni amalga oshirishda i. t. ishlari va muhandislik-qidiruv ishlarini bajarishga ham toʻgʻri keladi. Hozir Loyihalash jarayonini avtomatlashtirishga ayniqsa keng eʼtibor berilmoqda. Bunda tashkiliy-texnikaviy vositalar, elektron-hisoblash mashinalari, kompyuterlar, avtomatika vositalaridan foydalaniladi. Bu vositalar majmui «inson va mashina» tizimini, yaʼni avtomatlashtirilgan Loyihalash tizimini tashkil qiladi. Bu tizim insonni murakkab va sermehnat hisoblash, qiyin jadvallarni tuzish ishlaridan ozod qiladi, Loyihalashni ancha tezlashtiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x