LOTARINGIYA QIRLARI

LOTARINGIYA QIRLARI, Lota ringiya platosi — Fransiyaning shim.sharqiy qismidagi qirlar, Parij qavzasining sharqiy chekkasi. Sharqdan Vogezi, Ardenna togʻlari, gʻarbdan Shampan tekisliklari, jan. dan Langr platosi bilan chegaralangan. Mezozoy ohaktoshlaridan tuzilgan asimmetrik kuestali qator tepalardan iborat boʻlib, bal. 350—400 m. L. q. daryolar bilan boʻlib yuborilgan. Kirlar dub va qoraqayin oʻrmonlari bilan qoplangan. Daryo vodiylarida dehqonchilik qilinadi. Chorvachilik rivojlangan, tokzorlar bor. Temir rudasi va tosh tuzining yirik konlari topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x