LOKAYATA

LOKAYATA (sanskritcha — insoniy dunyo) , charvaka — qad. hind falsafiy taʼlimoti. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida yarim afsonaviy donishmand Brihaspati asos solgan deb hisoblanadi. Lokayata haqidagi ilk maʼlumotlar buddizm ahkomlari matnlarida, vedalar va qad. hind eposida bayon etilgan. Lokayata falsafasi brahmanizmt qarshi boʻlib, dunyo (tabiat)ni ilohiy kuchlarsiz izohlash kerak, degan gʻoyani ilgari suradi. Lokayata taʼlimotiga koʻra, inson 4 unsurdan tashkil topgan, u oʻlgach, undagi tuproq unsuri tuproqqa, suv unsuri suvga, oʻt unsuri oʻtga, havo unsuri havoga, sezgilar esa fazoga aylanadi. Inson tana va ruh birligida namoyon boʻladi. Tana oʻlishi b-n ong ham yoʻqoladi. Har bir inson bir marta yashaydi. U qaytadan tirilmaydi. Lokayata jon, ruhning koʻchib yurishini rad etadi. Lokayata namoyandalari oʻz taʼlimotlarida xudojoʻylikka qarshi yerdagi hayotni targʻib etadi. Ular kastachilikni qoralab, barcha insonlar teng, degan gʻoyani ilgari suradi. Ularning fikricha, olamda sodir boʻlib turadigan hodisa va jarayonlarning sababchisi moddiy borliqdir. Maye, olovning issiq, suvning sovuq boʻlishini aynan shu hodisalarning oʻzidan izlash lozim. Inson hayotining mohiyati — shu dunyoda rohat qilishdir. Buning uchun u mehnat qilishi, ilm fan yutuklari bilan oshno boʻlishi lozim. Lokayatada farovon hayot, insonning axloqiy kamoloti gʻoyalari olgʻa surilgan. Lokayata vakillari bilish nazariyasida sensualizm mavkeida turib, sezgi — bilishning birdan-bir ishonchli manbai deb hisoblaydi. Lokayataning keyingi koʻrinishi charvaka deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x