LOGOS

LOGOS (yun. logos) — yunon falsafasidagi tushunchalardan biri; dastlab — soʻz, nutq, til; keyinchalik koʻchma maʼnoda — fikr, tushuncha, akl, mazmun, olamiy qonun maʼnosini anglatgan. «Logos» terminini Geraklit joriy qilgan. Logosni borliqni har tomonlama anglash, uning ritmi va uygʻunligi deb, avval-ibtido olov bilan aynan deb tushungan, dunyoning asosi deb bilgan. Logos abadiy, umumiy va zaruriy, hamma narsa Logos boʻyicha sodir boʻladi. Platon va Aristotel L. ni ham borliqning qonuni, ham mantiqiy prinsip sifatida tushungan. Aristotel fikricha, ichki Logos (hali aytilmagan fikr) va tashqi Logos (aytilgan soʻz) mavjud. Stoiklar ham ichki Logosni tashqi Logosdan farq qilsalarda, lekin ular Logosga birmuncha bo-shqacharoq mazmun beradilar. Ularning fikricha, Logos hamma narsaning ibtidosi boʻlib, barcha narsalar Logosdan boshlab rivojlanadi. «Logos» tushunchasi yahudiylik va xristianlik taʼlimotlarida ham bor. Xristianlikka koʻra, Logos щaxs sifatida yerdagi tirik xudo (Iso)dir, xudo bilan bu dunyo oʻrtasidagi vositachidir. Yangi zamon falsafasida «L.» tushunchasini Gegel ishlatdi, u L. ni obyektiv tushuncha bilan birday qilib koʻrsatdi va uni «mavjudot akli» yoki «olamiy aql» deb hisobladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x