LOGISTIKA

LOGISTIKA (yun. logistike — hisoblash, muhokama sanʼati) — 1) matematik mantiq tushunchasining sinonimi; 2) B. Rassel va uning maktabi vakillarining asarlarida bayon etilgan matematik mantiq taraqqiyotidagi bosqichning nomi. Nazariy mat. ga qarama-qarshi qoʻyiladigan hisoblash va geometrik oʻlchovlar «sanʼati» qadimiy mat. da Logistika deb atalgan. G. V. Leybnis «Logistika» va matematik mantiq terminlarini oʻzi ishlab chiqqan xulosa chiqarishdagi hisobning sinonimi sifatida qoʻllagan. Uning gʻoyalari xoz. zamon matematik mantiqda oʻzining toʻliq ifodasini topgan. «Logistika» tushunchasi logistik metod (formal mantiqni formallashtirilgan tillar nazariyasi yordamida bayon etish usuli), logistik tizim (formal tizim) va b. maʼnolarni ham anglatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x