LOBBI

LOBBI, lobbizm (ing. lobby — kluarlar, xos xonalar) — davlat idoralari, qonunchilik, ijroiya, sud hokimiyatlarining mintaqalar iqtisodiyoti ayrim tarmoqlari va sohalarini, korxonalar, ijtimoiy guruhlarni obyektiv zarurat taqozosi b-n emas, balki maʼlum bir manfaatlarni koʻzlab, baʼzan mansabdor shaxslarni sotib olish yoʻli bilan qoʻllabquvvatlashga qaratilgan faoliyati. Lobbistlar hokimiyat vakillari qiyofasida oʻz himoyasidagilarga katta foyda beradigan davlat buyurtmalari, kreditlar, yordamlar, imtiyozlar, litsenziyalar olishda, iqtisodiy va tijorat faoliyatida, yangi korxonalar ochish va uni roʻyxatdan oʻtkazishda, raqobatchilarni sindirishda qulay sharoitlar yaratishda koʻmaklashadi. Agrar L. va sanoat L. ga boʻlinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x