LIZOTSIM

LIZOTSIM (liz…va yun. zyme — xamirturush) , muramidaza — gidrolazalar sinfiga mansub ferment, bakteriya hujayralari pardasini yemiradi. Mukopolisaxaridlarda N – atsetilmuramin kislota, R – glyukozid bogʻini va N-atsetilglyukozaminning parchalanishini katalizlaydi. Lizotsim odam va hayvonlar organizmining koʻpgina toʻqima va suyuqliklari (koʻz yoshi, balgʻam, soʻlak, taloq, jigar, shilliq qavatlar), shuningdek, ayrim oʻsimliklar, bakteriyalar va faglarda topilgan; tovuq tuxumi oqsilida ayniqsa koʻp. Tu-xum oqsili Lizotsimi toʻliq oʻrganilgan, u 129 aminokislota qoldigʻidan iborat, mol. m. 14.000 ga yaqin Lizotsim odam va hay-vonlar organizmining tashqi muhit bilan aloqa boʻladigan joylari (koʻz, bu-run-yutqin va b.)da bakteriyaga qarshi toʻsiq (baryer) hosil qiladi. Lizotsim preparati koʻz, burun-halqum kasalliklarini davolashda, yarada, kuyganda, akusherlik amaliyotida, shuningdek, oziq-ovqat sanoatida va b. da ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x