LIVIYA CHOʻLI

LIVIYA CHOʻLI — Afrikadagi tropik choʻl. Liviyaning sharqiy, Misrning gʻarbiy va Sudanning shim. hududlarida, Sahroi Kabirning shim.-sharqiy qismi. Mayd. 2 mln. km2 chamasida. Shim. qismi qumtepalarning bal. 300 m gacha boʻlgan qum bilan qoplangan pasttekislik. Shim.sharqida chuqur tektonik soyliklar (Kattara botigʻining yer yuzasi dengiz sathidan 133 m past) bor. Jan. qismi bal. 400—500 m, eng baland joyi 1934 m boʻlgan platodan iborat. Iklimi tropik choʻl iqlimi. Oʻrtacha t-ra yanvarda 13—15°, iyulda 32—35°. Yillik oʻrtacha yogʻin 25 mm, shim. da 100 mm gacha, baʼzan bir necha yil yogʻin yogʻmaydi. Oʻsimlik kam. Vohalarda xurmo, shaftoli, oʻrik yetishtiriladi, donli ekinlar ekiladi. Chorva boqiladi. Fayyum va Xarga vohalari t. y. orqali Nil vodiysi bilan bogʻlangan.

4 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x