LITVALAR

LITVALAR (oʻzlarini letuvyay deb ataydilar) — xalq. Litva Respublikasining asosiy aholisi (2924 ming kishi, 1990-y. lar oʻrtalari). Rossiya (70 ming kishi), Latviya (34,6 ming kishi), AQSHda (300 ming kishi), shuningdek, Kanada, Polsha, Jan. Amerika va Avstraliyada yashaydilar. Umumiy soni 3,45 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Yevropeoid irqiga mansub. Litva tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — xristian-katoliklar. Litvalar etnogenezi, tili va madaniyati jihatdan latishlarga yaqin. Neman va Daugava daryolari ora-ligʻiga mil. av. 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida kirib kelgan Boltiq boʻyi qabilalari mahalliy aholi bilan uygʻunlashib Litvalarning shakllanishiga asos boʻlgan. Ushbu qabilalardan litva elati tarkibiga toʻliq suratda Litvalar, yoxud aukshtaytlar, jyamaytlar, skalvlar va nadruvlar, shuningdek, sudavlarning bir qismi, kurshlar, zemgallar va sellarning jan. tarmogʻi, shim. prusslar (bartlar, notanglar, semblar)ning bir qismi kirgan. 9—12-a. larda mulkchilik munosabatlari vujudga kelgan, asta-sekin litva elati shakllangan. Etnik uyushuv 13-a. 1-yarmida Litva davlatining barpo etilishiga imkon bergan. 13 — 15-a. larda litva elati uzil-kesil shakllangan.

Litvalarning asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, shuningdek, polizchilik, bogʻdorchilik, dengiz boʻylarida — baliqchilik. Milliy hunarmandchilik (toʻqimachilik, oʻymakorlik, kulolchilik) rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x