LITOLOGIYA

LITOLOGIYA (lito… va logiya) — choʻkindi togʻ jinslari haqidagi fan. Choʻkindi togʻ jinslarining tarkibiy qismi, struktura va teksturasi, fizikkimyoviy xususiyatlari, hosil boʻlish sharoitlari va oʻzgarishi jarayonlarini oʻrganadi. Choʻkindi jinslar va ular b-n bogʻliq boʻlgan yoki birga uchraydigan foydali qazilmalarning paydo boʻlishidagi shart-sharoitlarni, ularning kon boʻlib shakllanishi va joylashish qonuniyatlarini aniklab, mamlakatning foydali qazilmalarga boʻlgan ehtiyojini toʻla taʼminlash Litologiyaning eng asosiy vazifasidir. Litologiya petrografiya, geokimyo, tektonika, mineralogiya, stratigrafiya, gidrogeologiya, fizika, mat., kimyo, biol., okeanologiya va b. fanlar bilan uzviy bogʻliq.

Litologiya 20-a. ning 40-y. laridan A. P. Karpinskiy, V. I. Vernadskiy, D. V. Nalivkin, N. M. Straxov, L. V. Pustovalov, M. S. Shvetsov, L. B. Ruxin kabi bir qancha rus geologlarining olib borgan ishlari natijasida fan sifatida shakllana boshladi. Oʻrta Osiyoda Litologiya fani H. M. Abdullayev, V. I. Popov, O. M. Akramxoʻjayev, F. O. Mavlonov, A. G. Boboyev, N. P. Petrov, N. I. Grindev, M. Egamberdiyev, 3. S. Ibrohimov, M. 3. Zokirov, K. A. Sotiriadi, M. O. Ahmadjonov, D. Eshniyozov va b. bir qancha oʻzbekistonlik olimlarning, ayniqsa, neftchi-litologlarning koʻp yillik mehnati tufayli sezilarli darajada taraqqiy etdi. Baʼzi olimlarning fikricha, Litologiya bundan 40—50 y. muqaddam choʻkindi jinslar petrografiyasining taraqqiyotidan kelib chiqqan. Aslida esa, Litologiya birinchi marta 11 —12-a. lardayoq oʻrtaosiyolik buyuk olimlar Ibn Sino va, ayniqsa, Beruniy asarlarida shakllangan. Ular choʻkindi jinslarning dengiz, koʻl yoki quruqlikda paydo boʻlganligini ilmiy jihatdan isbotlash uchun qatlamlar tarkibidagi oʻsimlik qoldiklari, toshga aylangan hayvon tanasi, chigʻanoqlar, baliq tangasi va b. dalillardan geol. tarixida birinchi marta foydalanishgan. Beruniy Amudaryoning qad. oʻzani holatini va Gang daryosi deltasini oʻrganish hamda oʻzining Hind okeani va Qizil dengiz qirgʻoqlaridagi aniq kuzatishlari bilan oʻsha zamondayoq «yosh fanlar» — litologiya va paleogeografiyaga asos solgan. Olimlarning hisobiga koʻra, Yer poʻstida mavjud boʻlgan barcha foydali qazilmalarning qariyb 75% choʻkindi jinslar bilan birga uchraydi. Choʻkindi jinslar, asosan, 4 xil yoʻl b-n: shamol yoki suv bilan dengiz, koʻl va okeanlarga keltirilgan (chaqiq) jinslarning yigʻilishidan; suv tarkibidagi turli moddalarning oʻzaro kimyoviy reaksiyaga kirishib choʻkishidan; hayvon va oʻsimlik qoldiqlarining choʻkishidan; quyosh energiyasining oʻsimlik faoliyatiga taʼsiri (fotosintez) natijasida vujudga kelgan organik moddalardan hosil boʻladi. Choʻkindi jinslar paydo boʻlishi va hattoki shakllanishi jarayonida vulkan harakati va vulkan materiallarining mavjudligi katta ahamiyatga ega. Chaqiq jinslar, havo, shamol, suv, muz, t-raning muntazam oʻzgarishi hamda oʻsimlik va hay-vonlarning taʼsirida tub togʻ jinslarining kimyoviy, mexanik nurashidan paydo boʻladi. Tub togʻ jinslarining nurash jarayoni koʻpincha foydali kazilma konlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Maye, nurash poʻstida te-mir va marganes «qalpoklari», dala shpatlarining kimyoviy yemirilishidan kaolinit, laterit, boksit vujudga keladi. Mexanik nurash jarayonida oltin, titan-magnetit, kassiterit (qalay) sochilma konlari hosil boʻladi. Bu konlar chaqiq jinslardan tashkil topgan qumtosh, gravelit, konglomerat kabi terrigen jinslarda yigʻiladi. Choʻkindi jinslar paydo boʻlishining turli bosqichlarida kimyoviy yoʻl bilan rang-barang minerallar shakllanadi. Oʻsimlik qoldiklaridan torf, koʻmir qatlamlari; suv koʻkatlari va har xil dengiz hayvon qoldiqlaridan hosil boʻlgan organik moddalardan esa neft, gaz va yonuvchi slaneslar paydo boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x