LIPESK VILOYATI — RFdagi viloyat. 1954-y. 6 yanv. da tashkil etilgan. Mayd. 24,1 ming km2. Aholisi 1247,8 ming kishi (1998), asosan, ruslar yashaydi. Shaharliklar 64%. 18 tumanga boʻlingan, 8 shahar, 5 shaharcha bor (2001). Markazi — Lipesk sh.
Lipesk viloyati Sharqiy Yevropa tekisligining markazida. Don daryosining yuqori havzasida joylashgan. Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik. Daryo vodiylari va jarliklar bilan oʻyilgan. Foydali kazil-malari: temir rudasi, flyus va texnologik ohaktoshlar, oʻtga chidamli gil, kvars qumlari, torf. Lipesk yaqinida mineral buloklar va shifobaxsh balchiqlar bor. Iklimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 10°, iyulniki 19°. Yillik yogʻin 500 mm. Vegetatsiya davri 180—185 kun. Asosiy daryosi Don va uning irmoklari: (Sosna, Krasivaya Mecha, Voronej). Tuproqlari qoratuproq, sur va toʻq sur oʻrmon tuproqlari, botqoq va torf tuproqlar.
Lipesk viloyati sanoatining asosiy tarmoqlari: qora metallurgiya (choʻyan, poʻlat, prokat), mashinasozlik va metallsozlik (metall qirquvchi stanoklar, traktorlar, sanitariya-texnika jihozlari), kimyo (smola, lok, azot oʻgʻitlari), oziq-ovqat (shakarqand, spirt, kraxmal, konserva, oziqovqat konsentratlari, sabzavot quritish, sut-yogʻ, goʻsht-parrandachilik k-tlari) sanoatlari. Kurilish materiallari ishlab chiqariladi. Temir-beton buyumlari z-di (Yeles, Lipesk, Dankov, Gryazi) va b. bor. Mebel (Yeles), poyabzal (Lipesk), tikuvchilik (Yeles, Lipesk, Usman) korxonalari va b. mavjud.
Q. x. gʻalla ekinlari, kungaboqar, qand lavlagi, kartoshka yetishtirishga va sut-goʻsht chorvachiligiga ixtisoslashgan. Bugdoy, javdar, grechixa, maxorka, sabzavot ekinlari ekiladi. Koramol, choʻchqa, qoʻy, parranda boqiladi. T. y., avtomobil transporti bor.