LINKOLN QOʻY ZOTI

LINKOLN QOʻY ZOTI — goʻshti va juni uchun boqiladigan yarim mayin junli toʻqol qoʻylar. 18—19-a. larda Angliyaning Linkoln grafligida jaydari qoʻylarni leyster qoʻchqorlari bilan chatishtirib chiqarilgan. Qoʻchqorlari 130—190 kg, sovliqlari 80 — 90 kg. Qoʻchqorlari yiliga 9—10 kg, sovliklari 6—6,5 kg jun beradi. Junining uz. 20—30 sm, bir xil, rangi oq, ipakdek tovlanuvchan, pishiq, 55—65% sof jun chiqadi. Tolasining ingichkalik sifati 36—44. 100 sovlikdan oʻrtacha 120 qoʻzi olinadi. 20-a. ning 60-y. larida Oʻzbekistonda Parkent va Ohangaron tumani xoʻjaliklarida Linkoln qoʻy zoti ishtirokida jaydari qoʻylar negizida goʻsht-jun yoʻnalishidagi duragay va mu-rakkab duragay (L. q. z. ni merinoslar bilan chatishtirishdan olingan duragaylardan foydalanib) qoʻylar olindi va koʻpaytirildi, goʻshtdor-jundor Oʻzbekiston qoʻy zotini yaratish va uni takomillashtirish ishlari boshlandi. Bu duragay qoʻy jaydari qoʻylarga Karaganda 2—2,5-marta koʻp jun beradi, uz. 13—16 sm (q. Mayin junli qoʻylar).

Ad. ; Tapilskiy I. A., Toshkent viloyatida goʻshtdor-jundor qoʻylarni koʻpaytirish, T., 1969; Kiyatkin P. F., Protsess porodoobrazovaniya oves, T., 1964.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x