LINGAFON KABINETI

LINGAFON KABINETI (lot. linqua — til va yun. phone — tovush, nutq) — tovush texnikasi, proyeksion va kinoproyeksion apparatlar bilan jihozlangan maxsus auditoriya (sinf). Oʻquvchi (talaba)larga audiovizual usul b-n oʻzga til nutqini, talaffuz shaklini, oʻrganilayotgan til muhitini yaratish, ona tilining nutq madaniyatini oʻrganish ustida mustaqil ishlash, shuningdek, teatr va sanʼat oʻquv yurtlarida mutaxassislik boʻyicha professional-ijrochilik mahoratini egallash uchun qulay sharoityaratadi. Lingafon kabineti apparaturasi (magnitofonlar, elektrofonlar, mikrofontelefon kuchaytirgichi va b.) oʻqituvchiga har bir oʻquvchining muay-yan oʻquv materiali ustida mustakil ish olib borish va buni nazorat qilish, bir vaqtning oʻzida muayyan oʻquvchilar guruhi uchun bir nechta oʻquv dasturini kiritish, oʻquvchilarning nutklarini yozib olish va qaytadan yodga tushirish, kino filmlarni sharhlash va sh. k. ga imkon beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x