LIMONOʻTLAR

LIMONOʻTLAR, limonnik (Schisandra) — magnoliyadoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Ikki uyli, chirmashib usadi. 14 turi bor. Sharqiy Osiyo togʻ oʻrmonlaria uchraydi. Bargi qizil, choʻziq tuxumsimon, oʻtkir uchli, cheti kungurali, bandli, ketma-ket joylashgan. Guli bir jinsli, oq yoki pushti, xushboʻy. Mevasi 1 — 2 urugʻli, dumaloq, kizil, zich shingilga toʻplangan, limon mazasi va hidi bor. Mevasi va urugʻi tarkibida limon, olma va b. organik kislotalar, uglevodorodlar, vitamin S, efir moylari va b. boʻladi. Limonoʻtlar (nastoykasi va poroshogi) aqliy va jismoniy charchaganda, mehnat qilish va koʻrish qobiliyati susayganda markaziy nerv sistemasi faoliyatini kuchaytiruvchi, organizm tonusini koʻtaruvchi, shuningdek, yurak-tomir sistemasi va nafasni yax-shilovchi vosita sifatida ishlatiladi. Xitoy L. ekiladi. Limonoʻtlar asosan, urugʻidan koʻpaytiriladi, urugʻi bahorda yoki kuzda pitomniklarga ekiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x