LIMERIK

LIMERIK — Irlandiyaning jan.gʻarbiy qismidagi shahar. Limerik grafligining maʼmuriy markazi. Aholisi 80 ming kishi (1990-y. lar oxiri). T. y. stansiyasi. Shannon daryosi estuariysidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Q. x. mahsulotlari qayta ishlanadigan va savdo qilinadigan markaz. Mashinasozlik, elektrotexnika, tikuvchilik, koʻn-teri, qurilish materiallari, radioapparaturalar i. ch. korxonalari mavjud. Nafis tur toʻqiladi. Kartinalar galereyasi bor. 9 — 17-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x