LIGUSTRA

LIGUSTRA (Ligustrum) — zaytundoshlar oilasiga mansub buta va pakana daraxtlar turkumi. 35 (baʼzi maʼlumotlarda 50) turi bor. Koʻpchiligi Osiyoning tropik va subtropik qismida usadi. Oddiy Ligustra (L.vulgaris) Oʻrta Osiyoda oʻstiriladi. Boʻyi 2—5 m, barglari oddiy, qisqa bandli, yaltiroq, choʻziq yoki nashtarsimon, novdada qarama-qarshi joylashgan. Guli ikki jinsli, oq yoki sargʻish tusda, shakli vo-ronkasimon, gulbargi 4 ta. Mevasi kora yoki toʻq koʻk, rezavor. May—iyunda gullab, avg. — sent. da meva tugadi. Ligustra manzarali oʻsimlik. Koʻpchilik mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham, asosan, yashil devor hosil qilish uchun ekiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x