LI BO

LI BO (ikkinchi nomi — Li Taybo) (701—762) — xitoy shoiri. Ilk sheʼrlari romantik ruxda yozilgan. Ularda tabiat manzaralari, samoviy tuygʻular, yurt qiyofasi, insonlar oʻrtasidagi uzaro munosabatlar aks ettirilgan. Yoshligida daosizm bilan qiziqqan. Inson ozodligini ulugʻlaydigan bu oqim Konfutsiy qarashlariga qarshi boʻlgan. Li Bo jangchilar matonati, harbiy yurishlar dehqonlar boshiga solgan tashvishlar haqida yozadi. Sheʼrlarida aslzodalar, amaldorlarning shafqatsizligidan nafratlanadi. 756-y. da An Lu-shanning imperatorga qarshi qoʻzgʻoloni paytida Li Bo shahzoda Li Linning xizmatida boʻladi. Shahzoda Li Lin tarafdori sifatida shoir Yelanga surgun qilinadi (3 yildan keyin afv etiladi). Li Boning adabiy merosi 900 sheʼrdan ziyod deb baholangan. Li Bo xitoy sheʼ-riyatini erkinlashtirish borasida koʻp ishlar qilgan. Uning merosi Xitoyda 20-a. da keng oʻrganilgan va turli tillarga tarjima qilingan, u jahonning yirik liriklari bilan bir safda turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x