LEPTOMENINGIT

LEPTOMENINGIT (yun. leptos – yumshoq va menings — parda) — bosh miya va orqa miyadagi oʻrgimchak toʻrisimon yumshoq pardalarning yalliglanishi (q. Araxnoidit); meningitga xos alomatlar rivojlanishi, shuningdek, yalligʻlanish tufayli orqa miya suyuqligida oʻzgarishlar roʻy berishi bilan kechadi. Leptomeningitning oʻtkir va surunkali shakli, adgeziv (yopishqoq), gemorragik, yi-ringli, serozli, kista hosil qiladigan va aralash turlari farq qilinadi. Qaysi soha koʻproq yalligʻlanganiga qarab, kasallik har xil koʻrinishda boʻladi: bosh miya asosi Leptomeningitda optoxiazmal soha zararlansa, bir yoki ikkala koʻz xiralashadi yoki koʻr boʻlib qoladi. Interpedunkulyar soha zararlanganda esa koʻz soqqasi harakati oʻzgarib, koʻzga narsalar qoʻshaloq koʻrinadi yoki koʻz yumilib qoladi va h. k.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x