LEPIDOLIT

LEPIDOLIT (yun. lepis — tangacha va lithos — tosh) — silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi KLi15Al,5(F, OH)2[AlSi3O,0]. Tarkibida 3—6% Li2O boʻladi. Qoʻshimchalari Gʻye, Mn, Mg, Pb, Cs. Qattikligi 2,5—3,5. Zichligi 2800 — 2900 kg/mʻ. Monoklin singoniyali. Plastinkasimon, yupka tangachalar shaklida, baʼzan zich mayda donali agregatlar. Oq, koʻpincha pushti, och binafsha rangli. Sadafsimon yaltiroq, shaffof Oʻzgargan granit (greyzen) va baʼzi bir pegmatitlarda dala shpatlari, kvars, albit, muskovit va b. minerallar b-n birga uchraydi. Qozogʻiston, RF (Ural, Zabaykalye, Kola ya. o.), Ukraina, AQSH (Men shtati), Shvetsiya (Utyo o.)da konlari bor. L. dan, asosan, litiy, yoʻlakay rubidiy va seziy olinadi. Optika shishalari va emal tayyorlashda ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x