LENTASIMON GILLAR

LENTASIMON GILLAR — asosan, toʻrtlamchi davrda muzliklarning erishidan paydo boʻlgan koʻllarda toʻplangan choʻkindi jinslar. Lentasimon gillar muzliklarda hosil boʻlgan koʻl yotqiziklari hisoblanib, loyqa suvlardan choʻkkan mahsulotlar — mayda zarrali qum va gillar yupqa qatlamchalarining kesmada almashinib yotishidan iborat. Toʻplangan choʻkindilarning qalinligi yil fasliga qarab har xil. Lentasimon gillar toʻgʻri qavatlangan boʻladi. Yozda toʻplanadigan mayda zarrali qumtosh qavatlari va qishda hosil boʻladigan gil qavatlari Lentasimon gillar bilan navbatma-navbat qavatlangan. Qum va gil qatlamchalarining jufti bir yillik koʻl yotqiziqlarini tashkil etadi va lenta deb ataladi. Lentaning qalinligi bir necha mm dan 10 sm gacha. Yillik lenta, oʻz navbatida, mikroqavatchalardan tuzilgan. Bular iqlimning oʻzgarishi va muzliklarning erish tezligiga bogʻliq. Lentalar sonini hisoblash orqali butun qatlamning hosil boʻlish vaqtini va turli nuqtalarda joylashgan Lentasimon gillar kesmalarini chekka muzlik yotqiziklari b-n taqqoslash asosida alohida muz qoplamasi degradatsiya fazalarini va chekinish tezligini aniklash mumkin.

Lentasimon gillar Belorussiya, Boltiqboʻyi mamlakatlari, Rossiyaning Yevropa qismi, shim. da Skandinaviya, Polsha, GFR, AQSH, Kanadada tarqalgan. Muzlik davri geoxronologiyasini ishlab chiqishda Lentasimon gillarning ahamiyati katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x