LEND-LIZ

LEND-LIZ (ing. lend — qarz berish, lease — ijaraga topshirish) — qurol-yarogʻ, oʻqdori, strategik xom ashyo, oziq-ovqat va sh. k. ni berish (qarzga yoki ijaraga) tartibi; L.-l. asosida AQSH 2-jahon urushi davrida gitlerchilarga karshi koalitsiya boʻyicha ittifoqchilarga yuqoridagilarni yetkazib berib turgan. L.-l. toʻgʻrisidagi qonun 1941-y. 11-martda AQSH kongressida kabul qilingan. L.-l. boʻyicha AQSHning xarajatlari ana shu kundan 1945-y. 1 avg-. gacha 46 mlrd. dollarga yetgan. Oʻz navbatida,AQSH ham urush yillari L.-l. boʻyicha bergan mahsulotlari hisobiga ittifoq davlatlardan 7,3 mlrd. dollarlik turli mahsulotlar olgan. L .-l. boʻyicha mol yetkazib berish urush yillarida AQSHda i. ch. ni sezilarli darajada kengaytirishga olib keldi

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x