LEGGORN

LEGGORN — goʻsht-tuxum yoʻnalishidagi serpusht tovuq zoti. 19-a. da AQSHda Italiya oq tovuqlarini minorka va ispan, urushqoq va b. zotlar bilan chatish-tirib chiqarilgan. Zot mahalliy tovuqlar olib kelingan Italiyadagi Livarno (ing. Leghorn) porti nomidan olingan. Boshi kichik, quloq solinchogʻi oq yoki sargʻish, toji katta. Pati, asosan, oq, qoʻngʻir, sariq, qora, koʻk. Yaxshi iqlimlashadigan, chidamli, tez yetiladigan oq L. Koʻproq tarqalgan. Tovuqlarining oʻrtacha vazni 1,6—1,8 kg, xoʻrozlari 2,3—2,5 kg. Tovugʻi yiliga oʻrtacha 240 va undan ortiq tuxum qiladi. Tuxumi vazni 57—60 g. Amerikadan, soʻngra Yevropa mamlakatlari va Yaponiyadan 1925y. da SSSRga keltirilgan va oq rus tovuq zotlarini chiqarishda foylanilgan. Leggorn koʻpgina mamlakatlarda keng tarqalgan. 1925-y. dan Oʻzbekiston parrandachilik f-kalarida boqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x