LAYEL

LAYEL, Layell Charlz (1797.14.11, Kinnordi, Shotlandiya — 1875.22.2, London) — ingliz geologi, Oksford un-tini tugatgan (1819). 1836—37 va 1850—51 y. larda London geol. jamiyatining prezidenti. Uchlamchi davr yotqiziqlari stratigrafiyasini ishlab chiqqan, metamorfik va vulkanik jarayonlarni oʻrgangan. Togʻ jinslarini choʻkindi, vulkanik, plutonik va metamorfik jinslarga boʻlishni taklif qilgan. Layelning geol. asoslari bayoniga bagʻishlangan eng katta asari geol. fa-nining metodologiyasini ishlab chi-qishga va rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Layel katastrofizm (katastrofalar nazariyasi)ga keskin qarshi chiqdi. Geologik hodisalarni aktualizm pozitsiyasidan tushuntirdi. Dastlabki asarlarida oʻsimlik va hayvon turlarining oʻzgarmasligini himoya qilsa ham keyinroq evolyutsion taraqqiyot tarafdori boʻldi. Eotsen, miotsen, pliotsen va pleystotsenlarni ajratdi. Layel — Linney jamiyati aʼzosi (1819-y. dan), Geol. jamiyati prezidenti (1835-y. dan), Qirollik jamiyati aʼzosi (1826), Peterburg FA xorijiy aʼzosi (1871). Layel sharafiga eng muhim geol. kashfiyotlar uchun har yili beriladigan medal taʼsis etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x