LATA MANGESHKAR

LATA MANGESHKAR (1929.28.9, Hindiston, Madhya Pradesh shtatining Indour sh.) — hind xonandasi. Sangit Natak akademiyasining faxriy d-ri (1989). Nihoyatda jozibali, maftunkor, mayin va keng diapazonli ovoz sohibasi. Lata Mangeshkar 9 yoshidan katta sahnalarda xonanda sifatida tanilgan. 1941-y. Lahor sh. da «Art Pikchers» kinostudiyasi tanlovida gʻolib chiqib, kinofilm qoʻshiqlarini ijro eta boshlagan. Jami 1000 ga yaqin (shu jumladan, «Bayju Bavra», «Barsat», «Tojmahal», «Gang daryosi oqqan mamlakatda», «Daydi», «Janob 420», «Yangi Dehli», «Sangam», «Mening ismim masxaraboz» va b.) film qoʻshiqlarini katta mahorat, nozik did bilan ijro etgan. Konsert dasturlaridan hind mumtoz (ishqiy «gʻazal», diniy «bqojon» va b.), oʻzga xalq (urdu, panjob, bengal, tamil, telugu va b.) lar va zamonaviy mualliflar qoʻshiqlari oʻrin olgan. Hindistonning eng oliy — «Padma Bhushan», «Dada Sahib Phalke» davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Jahon boʻylab gastrolda boʻlgan (jumladan, Oʻzbekistonda ham, 1968).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x