LARUSS ENSIKLOPEDIYALARI — Parijda pedagog va leksikograf P. La-russ (1817—75) asos solgan «Laruss» nashriyotida chop etilgan ensiklopediyalar (1852). Birinchi ensiklopediya «XIX asrning katta universal lugʻati» («Crand dictionnaire universal du XIX e siecle») yoki «Laruss XIX asrda» deb ataladi. Lugʻatning 15-jildi 1865—76 y. lar oraligʻida (qoʻshimcha 2 jildi 1878—88 y.) nashr etilgan. Unda ijtimoiy fanlarga oid maqolalar salmokli oʻrin egallaydi, adabiyot va musiqa asarlariga doir maqolalarga ham anchagina oʻrin berilgan. Maqolalarining aksariyati davrga nisbatan murosasizlik va klerikallikka qarshi ruhda yozilgani uchun ensiklopediya Vatikan tomonidan «Taqiqlangan kitoblar roʻyxati»ga kiritilgan. 1897—1904-y. larda 7 jilddan iborat «Larussning yangi suratli ensiklopediyasi» (qoʻshimcha jildi 1906-y.) nashrdan chiqarilgan. 1927—33 y. larda 6 jilddan iborat «Laruss XX asrda» ensiklopediyasi yaratilgan. 1948—50 y. larda shu ensiklopediya qayta koʻrib chiqilib (qoʻshimcha jildi 1953-y.) nashr etilgan. 1960 — 64 y. larda Larussning koʻp jildli zamonaviy ensiklopediyasi — «Larussning 10 jildli katta ensiklopediyasi» (qoʻshimcha jildi 1968-y.) yaratildi. Maqolalar qisqa maʼlumotnoma shaklida yozilgan, shu sababli ensiklopediyada 450 mingdan ortiq termin mavjud. 1971-y. dan Laruss nashriyoti 60 jilddan iborat «katta ensiklopediya» ustida ish olib bormoqda. Hoz. paytda uning yarmidan kupi bosmadan chiqarilgan. Bundan tashqari, firma bolalar va yoshlar uchun ilmning turli sohalari (tibbiyot, geogr. qishloq xoʻjaligi va b.) boʻyicha bir qator kichik ensiklopediyalar, ensiklopedik lugʻatlar va maʼlumotnomalar nashr etgan. 1906-y. dan boshlab har yili bir jildli «Kichik Laruss» («Petit Larosse») nashr etilmoqda.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые